Namanganda Hyundai Bongo portlab ketdi
Hodisa unga gaz to‘ldirish vaqtida yuz bergan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi gaz quyish shoxobchasida Hyundai Bongo avtomobili portlagani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga viloyat FVV munosabat bildirdi.
Holat To‘raqo‘rg‘on tumani Xo‘jand MFYda joylashgan shoxobchada yuz bergan. Gaz to‘ldirish vaqtida KIA Bongo rusumli avtomobilga qo‘shimcha o‘rnatilgan PROPAN suyultirilgan gaz baloni yorilish holati sodir bo‘lgan.
Oqibatda tan jarohati olish holatlari va yong‘in hodisasi sodir bo‘lmagan. Hozirgi vaqtda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







