O'zbekiston

"Bolalar huquqlarini himoya qilish meni chuqur tashvishga soladigan mavzulardan"

Shahnoza Mirziyoyeva UNICEF vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Bolalar huquqlarini himoya qilish meni chuqur tashvishga soladigan mavzulardan"

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva UNICEF Bolalar jamg‘armasi vakili Jenevev Buten bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Muloqotda taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar va zo‘ravonlik qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash, deinstitutsionalizatsiya, qo‘llab-quvvatlash xizmatlari va oilani mustahkamlash masalalarini muhokama qilingan."Bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish mavzusi har qachongidan ham muhimroq va har doim meni chuqur tashvishga soladigan mavzulardan biri bo‘lib kelgan.

 

UNICEF, shuningdek, O‘zbekistonda professional ijtimoiy xizmatni tashkil etish bo‘yicha Agentligimizga hamrohlik qilmoqda. Ushbu sohada bir qator fundamental hujjatlar birgalikda ishlab chiqilmoqda. Yig‘ilishda bu masalalar ham muhokama qilindi. Natijada 2024–2025-yillarga mo‘ljallangan ulkan ish rejasi imzolandi, unda hamkorlikning barcha asosiy yo‘nalishlarini aks ettirdik. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash bo‘yicha olib borilayotgan siyosat, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi bolalar va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalariga qay darajada eʼtibor qaratayotgani yuksak baholanganini eshitish juda quvonarli bo‘ldi", deb yozadi Mirziyoyeva o‘zining Instagram sahifasida.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi IOI 2026da tarixiy natijaga erishdi

Yosh dasturchilar xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 6 oyda 9,3 milliard dollarga yetdi

2026-yilning birinchi yarmida xorijdan O‘zbekistonga yuborilgan mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga oshdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan.

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"