O'zbekiston

Ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Bugungi kunga qadar ikkita holatda fuqarolar 3 va 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi.

Ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

 

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zsuvtaʼminot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov maʼlum qildi:

 

I. Fuqarolik qonunchiligiga asosan ichimlik suvi tarmog‘iga zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar quyidagicha

 

Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonunning 52-moddasiga asosan qoplanadi.

 

Yaʼni, bunda mazkur moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlaridan foydalanish qoidalariga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rioya etmaganlik, shu jumladan ushbu tarmoqlarga, inshootlarga shikast yetkazganlik, taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirishga monelik qilganlik, suv obyektlarini ifloslantirganlik natijasida yetkazilgan zararning o‘rni aybdor shaxslar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda to‘liq hajmda qoplanishi lozim.

 

II. Ichimlik suv taʼminoti sohasida jinoiy javobgarlik

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 1999 yil 30 apreldagi 6-son qarorining 1-bandiga ko‘ra jabrlanuvchining yoki boshqalarning yo‘qligida yoki ular bor bo‘lsada, ularga bildirmasdan o‘zganing mol-mulkini yashirin talon-toroj qilish o‘g‘rilik hisoblanadi. Bordiyu jabrlanuvchi yoki boshqalar mol-mulkining olinayotganligini ko‘rgan bo‘lsada, lekin aybdor bildirmasdan harakat qilyapman deb o‘ylagan bo‘lsa, bunday qilmishni ham o‘g‘rilik deb tavsiflash lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi ikkinchi qismini “d” va “ye” bandlariga asosan o‘g‘rilik:

 

d) umumiy foydalanishdagi vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud sovuq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan;

ye) umumiy foydalanishdagi vodoprovod tarmoqlariga suv taʼminoti tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari tomonidan oldindan til biriktirib, tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud sovuq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —

 

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Bugungi kunga qadar ikkita holatda, fuqarolarga nisbatan ayni yo‘nalishda jinoiy ish ochilib, 3 va 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish choralari ko‘rildi.

 

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy, manfaat topish maqsadida ulanish endilikda jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shunday ekan, ichimlik suvidan noo‘rin foydalanish, noqonuniy ulanish, uni behudagi isrof qilish nafaqat bebaho resursga nisbatan hurmatsizlik, balki mamlakatning suv siyosatiga nisbatan xiyonatdir.

custom img

Qaysi OTM bitiruvchilari eng ko‘p daromad olmoqda?

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi 170 ta OTMning 249 mingdan ortiq bitiruvchisi mehnat bozoridagi natijalarini o‘rgandi.

custom img

Qatarda o‘zbekistonliklar uchun 5 500 dollargacha maoshli ish o‘rinlari taklif etildi

Ish beruvchi aviachipta, ishchi vizasi, aeroport transferi va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.

custom img

Jizzaxda qariyb 14 kg “opiy”ni sotish va tarqatishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Uch nafar shaxs Tojikistondagi narkokuryerlar qoldirgan narkotik moddalarni olib, ularni sotish orqali daromad orttirishni rejalashtirgan.

custom img

Toshkent viloyatida hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U imtiyozli kredit ajratib, o'z ehtiyohlari uchun sarflab yuborgan.

custom img

O‘zbekistonda ortib qolgan 1-sinf o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi

Yaroqlilik muddati tugaydigan ortiqcha o‘quv qurollari davlat bog‘chalarining maktabga tayyorlov guruhlariga ajratiladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"