Nomaʼlum shaxs o‘zini metro poyezdi tagiga tashladi
Hodisa oqibatida erkak vafot etgan.

Toshkent metrosi “Qo‘yliq” bekatida nomaʼlum erkak o‘zini harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga tashladi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, joriy yilning 28 noyabr kuni soat 14:58 da Toshkent metropolitenining Qo‘yliq bekatida nomaʼlum shaxs (erkak) o‘zini harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga tashlagani sababli «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishining bir tomon qismi vaqtincha harakatdan to‘xtadi. Hodisa oqibatida erkak vafot etgan.
Holat yuzasidan batafsil maʼlumotni dastlabki surishtiruv olib borilmoqda.







