Erdog‘an Netanyaxuni “G‘azoning jallodi” deb atadi
Turkiya rahbari parlamentdagi chiqishida uning harakatlarini qoralagan.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Isroil Bosh Vazirini “G‘azo sektorining jallodi” deb atadi. Bu haqda u mamlakat parlamentidagi chiqishida aytib o‘tgan.
“G‘azo sektorida o‘tgan asrning eng katta vahshiyliklaridan birini sodir etgan Netanyaxu allaqachon o‘z nomini tarixga “G‘azo jallodi” sifatida yozib qo‘ydi", deydi Turkiya rahbari.
Erdog‘an Isroil rasmiylari qonun oldida javob berishi kerakligini taʼkidladi. Uning fikricha, Netanyaxu G‘azo sektoridagi harakatlari bilan dunyoda antisemitizmni qo‘zg‘atmoqda.






