O'zbekiston

Ostonada qish: elektr energiyasida o‘zgarishlar bormi?

“O‘zbekenergotaʼmir” energo obyektlarning barqaror ishlashi bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Ostonada qish: elektr energiyasida o‘zgarishlar bormi?

 

O‘zbekenergotaʼmirAJ yurtimiz energetika sektorida muhim ahamiyatga ega korxonalardan hisoblanadi. Korxona issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik markazlarini qishki mavsumga tayyorlash, energo obyektlarning barqaror faoliyatini taʼminlashga oid yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

 

Bugun yurtimizda elektr energetika tarmog‘ini rivojlantirish jarayonlari yangi bosqichga ko‘tarildi, avvallari, yurtimizda elektr energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilish, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish ishlari asosan xorijiy kompaniyalar tomonidan amalga oshirilardi. Prezidentimiz boshchiligida sohani liberallashtirish, erkin bozor mexanizmlarini joriy etishga qaratilayotgan saʼy-harakatlar natijasida xorijiy investorlar qatorida, bugun tizimga mahalliy, raqobatbardosh investor kompaniyalar ham kirib kelmoqda. Shu kabi korxonalardan biri “O‘zbekenergotaʼmirAJ hisoblanadi.

 

 

O‘zbekenergotaʼmirAJ juda kam vaqt ichida jahonga mashhur energetika kompaniyalarining shef-injenerlarini jalb qilgan holda, o‘quv amaliyotlari, tajriba almashish kurslari natijasida yuqori malakali mahalliy mutaxassislar guruhini shakllantirishga erishdi. Bugun korxona tarkibidagi 2 yarim mingga yaqin texnik mutaxassislar elektr stansiyalarning barqaror faoliyat yuritishiga hissa qo‘shib kelmoqda.

 

Maʼlumki, avvalgi yillarda kuz-qish mavsumi energetika sohasi uchun murakkab kechardi. Ayrim nuqtalarda maʼnan eskirgan qurilmalar pand bergan bo‘lsa, ayrim joylarda elektr energiyasidan noto‘g‘ri foydalanish, yoqilg‘i-resurslarning yetishmasligi kutilmagan vaziyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lardi.

 

 

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning vaziyatni chuqur tahlil qilgan holda 2022 yilning 13 dekabr kuni, Toshkent shahrining Uchtepa tumanida infratuzilma va ijtimoiy soha obyektlari faoliyati bilan tanishish jarayonida aholini energo resurslar bilan taʼminlashda aniqlangan muammolardan kelib chiqib bir qator qaror va topshiriqlari qabul qilindi. Bugun ushbu belgilangan chora-tadbirlar sohani rivojlantirishga zamin bo‘lmoqda.

 

O‘zbekenergotaʼmirAJ ham Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlashda tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

 

Jumladan, joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida belgilangan rejaga asosan korxona tomonidan issiqlik elektr stansiyalaridagi jami 55 ta energoqurilma, jumladan, 14 ta energoblok, 19 ta qozon qurilmasi, 9 ta bug‘-gaz qurilmasi, 1 ta gaz-turbina qurilmasi mukammal, o‘rta va joriy taʼmirlandi.

 

 

Shuningdek, tunu-kun faoliyat yuritgan ishchi-guruhlari tomonidan aniqlangan kamchiliklardan kelib chiqib, rejadan tashqari 16 ta asosiy va yordamchi qurilmalarda kengaytirilgan taʼmirlash ishlari bajarildi.

 

Davlatimiz rahbari poytaxt aholisini kafolatlangan issiqlik energiyasi bilan taʼminlash maqsadida “Toshkent issiqlik markazi” MCHJni ham mavsumga puxta tayyorlash va uni modernizatsiya qilish bo‘yicha tegishli topshiriqlar bergan edi.

 

Shu tariqa qisqa fursatlarda “O‘zbekenergotaʼmirAJ tomonidan Toshkent issiqlik markazlarida katta hajmdagi qurilish-taʼmirlash va modernizatsiya ishlari boshlab yuborildi. Xususan, Shayxontohur tumanidagi “G‘arbiy” 3-sonli va Uchtepa tumanidagi “Chilonzor” 5-sonli issiqlik markazlarida modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. Issiqlik markazlarining har birida 2 tadan qozon rekonstruksiya qilinib, anʼanaviy yoqilg‘i bo‘lgan tabiiy gaz bilan bir qatorda mazut yoqishga moslashtirildi. Eʼtiborlisi, qurilmaning gibrid shaklida ishlashi anomal sovuq ob-havo sharoitida ham, mazut yoqish evaziga isteʼmolchilarni 108 darajagacha issiq suv bilan taʼminlash imkonini beradi. Maʼlumot uchun, avvallari bu ko‘rsatkich 36-38 darajadan oshmagan.

 

O‘zbekenergotaʼmirAJ tomonidan kelgusida ham mazkur yo‘nalishdagi modernizatsiya ishlarini yuqori surʼatlarda va tizimli davom ettirilishi belgilangan.

 

 

So‘zlarimizning isboti sifatida quyidagi maʼlumotlarni keltiramiz. Joriy yilning 17-18 oktyabr kunlari Davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlashga qaratilgan qator kelishuvlarga erishildi. Xususan, ikki mamlakat ishbilarmonlarini jamlagan O‘zbekiston-Xitoy biznes forumi doirasida iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirishga qaratilgan ko‘pgina shartnomalar imzolandi.

 

Jumladan, “China National Technical Import and Export Corporation” (CNTIC) kompaniyasi bilan erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, Toshkent shahri aholisi va poytaxt iqtisodiyot tarmog‘i korxonalari uchun qo‘shimcha quvvatlar yaratiladi. Poytaxtimiz isteʼmolchilarining elektr va issiqlik energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 4-issiqlik markazida, shuningdek, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur, Yunusobod, Yashnobod va Uchtepa tumanlarida yangi, zamonaviy va energosamarador kogeneratsion quvvatlar joriy etiladi.

 

Taʼkidlash lozimki, “O‘zbekenergotaʼmirAJ bugun yurtimizning energetika tarmog‘ida yirik loyihalarni amalga oshirmoqda. AQSHning “General Electric Global Parts and Products GmbH” korporatsiyasi bilan hamkorlikda elektr stansiyalaridagi amaldagi energobloklarning barqaror ishlashini taʼminlash bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda. AQSHlik hamkorlar bilan olib boriladigan loyihalarning yana bir muhim jihati “O‘zbekenergotaʼmirAJning yosh mutaxassislari va xodimlarining malakasini va kasbiy mahoratini oshirish masalasi bo‘lib, ular amerikalik mutaxassislarni jalb qilgan holda taʼmirlash va sozlash ishlarida ishtirok etadilar. Birgalikdagi saʼy-harakatlar orqali yoshlarimiz dunyoda tan olingan elektr qurilmalarini boshqarish va ular bilan ishlash bo‘yicha bilim va tajribalarini rivojlantirishga imkoniyat yaratildi.

 

 

Xitoyning jahonga mashhur “State Grid” korporatsiyasi tarkibidagi “China Electric Power Equipment and Technology Co., Ltd.” kompaniyasi bilan elektr stansiyalardagi yuqori kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalarini qurish va modernizatsiya qilish, yangi podstansiyalar qurib foydalanishga topshirish ishlarini olib borish belgilangan. Buning natijasida, O‘zbekistondagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari tizimiga zamonaviy, shu bilan birga raqamli texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati vujudga keladi.

 

Shuningdek, “O‘zbekenergotaʼmirAJ yurtimizdagi elektr stansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish uchun import o‘rnini bosuvchi yuqori samarador va zamonaviy energoqurilmalarni mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni ham amalga oshirmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi

Kengash blogerlarning kasbiy rivojlanishi, media savodxonligini oshirish va yosh kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

custom img

Turkiyalik olimning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashr etildi

Kemal Yavuz Atamanning 1991-yildan buyon O‘zbekistondagi kuzatuvlari va tadqiqotlari jamlangan "Men tanigan O‘zbekiston" asari o‘zbek va turk tillarida taqdim etildi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida ekologik klub tashkil etish taklif qilindi

Uyushma qoshidagi Jurnalist ayollar kengashining “Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

custom img

Namangan shahrining sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Shuningdek, u 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

custom img

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi kabinasida yong‘in chiqishi ortidan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

custom img

Mahallalarning energetik pasporti yaratiladi — Energetika vaziri

Energetika sohasida iste’molchilarga mobil ilova orqali qarzdorlik va ta’minotdagi uzilishlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi tizimlarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

Abduqodir Husanov og‘ir judolikka uchradi

Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U-19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hoshimovning otasi Husan bobo vafot etdi.

custom img

O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishga yuborilishi mumkin

Tomonlar buning uchun mutaxassislarni qo‘shimcha tayyorlash, sertifikatlash va litsenziyalash masalalarini o‘rganishga kelishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"