Poytaxtda 10 ming quti tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi
Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan poytaxtimizning Yashnobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganida, uning orqa o‘rindiqlari, yuk xonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini va sifatini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va aksiz markasi bilan markalanmagan 120 million so‘mlik 10 ming quti tamaki mahsulotlari borligi maʼlum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







