Farg‘onada ohak sexi 1 milliard so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” huquqni muhofaza qiluvchi organlari va “Hududgazta’minot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida o‘tkazgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqladi.
Xususan, O‘zbekiston tumanida istiqomat qiluvchi R.Y. ga qarashli ohak ishlab chiqarish syexi tarmoqqa noqonuniy ravishda, tabiiy gaz hisoblagichisiz ulanib, davlat manfaatlariga 1 mlrd so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.







