Metro bekatida yongan kabel sport o'yini qoldirilishiga sabab bo‘ldi
Bunga "Kosmonavtlar" metro bekati yaqinida elektr kabeliga shikast yetgani sabab bo‘lgan.

«Kosmonavtlar» metro bekati yaqinida elektr kabeliga shikast yetkazgan yong‘in oqibatida arenada «svet» haligacha yonmagan.
«Humo» xokkey klubi ma’muriyatining ma'lum qilishicha, «Kosmonavtlar» metro bekati yaqinida elektr kabeliga shikast yetgan yong‘in oqibatida «Humo Arena»da hamon elektr energiyasi yonmagan.
Shu munosabat bilan 29-30 noyabr kunlari arenada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan «Humo» hamda «Nomad» uchrashuvi shu kunlari soat 19:30da «Alpomish» muz majmuasida bo‘lib o‘tadi.
«Ushbu o‘yinlar uchun avvaldan sotib olingan barcha chiptalar amalda bo‘ladi. «Mehr» hayvonlar priyuti bilan birgalikda xayriya aksiyasi 3-4 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi» deyilgan klub xabarida.







