O'zbekiston

Qashqadaryoda 26 yoshli ayol tug‘ruqdan keyin shifoxonada vafot etdi

Joriy yilning avgust oyida Qarshi tumanida ham egizak farzand tuqqan 19 yoshli ayol vafot etgandi.

Qashqadaryoda 26 yoshli ayol tug‘ruqdan keyin shifoxonada vafot etdi

 

Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limida 26 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgach, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rasmiy maʼlumot berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Chiroqchi tuman "G‘allachi" mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan A.G. shu yilning 10 oktyabr kuni soat 06:00da qarindoshlari tomonidan tug‘ruq bo‘limiga olib kelingan.

 

Qayd etilishicha, ayolda oxirgi ko‘rik 2023-yil 13-sentabrda, homiladorlikning 33-haftasida o‘tkazilgan. Bunda ayolga yotib davolanish tavsiya qilingan, lekin ayol davolanishga bormagan.

 

Bo‘limga kelganida ayolning umumiy ahvoli qoniqarli baholangan. 10 oktyabr kuni soat 16:10 da vazni 3 400 og‘irlikdagi o‘g‘il chaqaloqni dunyoga keltirgan. 2023-yil 12-oktabr kuni ertalab soat 5-6 lar oralig‘ida ayolning ahvoli og‘irlashib, qornida kuchli og‘riq paydo bo‘lgan. Og‘riqlar kuchaygach, birlashma xirurg vrachlari jalb qilingan, shundan so‘ng viloyatdan jarroh, akusher-ginekolog va nefrolog chaqirilgan. So‘ng bemorda operatsiya o‘tkazilgan.

 

Operatsiyadan keyin ayolga tegishli muolajalar qilingan. Ammo ayolning umumiy ahvoli og‘irlashgan, qilingan barcha muolajalarga qaramay u 2023-yil 16-oktabr kuni soat 02:30 da vafot etgan.

 

Mazkur ona o‘limi holati viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi kengaytirilgan yig‘ilishida muhokama qilingan va bu borada tegishli choralar belgilangan.

 

Ayni paytda mazkur holat Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.

 

custom img

Toshkentda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida ekoturizm sammiti o‘tkazildi

Tadbirning asosiy qismi turizm bozoridagi yangi hamkorlarni jalb qilish va O‘zbekistonning ekoturizm, tog‘, gastronomik hamda boshqa yo‘nalishlarini xorijiy bozorlarda targ‘ib etishga qaratildi.

custom img

Bituruvchilarning oliy taʼlimdan keyingi taqdiri nima bo‘lyapti?

O‘zbekistonda ilk marotaba Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalari eʼlon qilindi. Unda respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"