O'zbekiston

Toshkentda chiqindi olib ketish xizmati narxi 1,5 barobar qimmatlashadi

Yangi tariflar 14 dekabrdan amal qiladi.

Toshkentda chiqindi olib ketish xizmati narxi 1,5 barobar qimmatlashadi

 

Toshkent shahridagi aholi va tashkilotlar uchun chiqindi to‘plash va olib ketish xizmati narxi ko‘tarildi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi 29 noyabr kuni qaror qabul qildi. 

 

Qayd qilinishicha, xizmat narxi aholi uchun oyiga 4500 so‘mdan 7500 so‘mga, byudjet va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun 53986 so‘mdan 89966 so‘mgacha oshgan. Tariflar 15 kundan keyin (14 dekabrdan) amal qilishi kutilmoqda. 

 

Byudjet va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun 1 kub.m. qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish QQSsiz 89 966,57 so‘mga (hozirda 53 986,56 so‘m), 1 tonna chiqindi — 188 808,96 so‘mga (hozirda 20174 so‘m) qimmatlashadi. 

 

Korxona va tashkilotlar uchun ND-310 rusumli avtomashinalar (markaziy yuk tashuvchi) yordamida chiqindi tashish shoxobchalaridan (Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod metro stansiyalari) qattiq maishiy chiqindilarni Ohangaron poligoniga olib chiqish besh baravar qimmatlashadi — 116461,34 so‘m (hozirda 22275 so‘m).

 

Chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha tariflar oxirgi marta 2019 yil yanvarida oshirilgan edi.

custom img

O‘zbekistonda 29 trillion so‘mlik noqonuniy mablag‘larning chiqib ketishining oldi olindi

Kiberjinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklanib, 9 282 ta kiberjinoyat fosh etilgan.

custom img

Shveysariya va Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariya va Germaniyaning mamlakatdagi yangi elchilari Simon Giger hamda Mattias Follertdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

custom img

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Haftasiga 5 kun ishlovchilar ketma-ket to‘rt kun, 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun dam oladi.

custom img

Qurilishdagi qo‘pol huquqbuzarliklar uchun har bir kvadrat metrga jarima solinishi mumkin

Noqonuniy qurilishda ishtirok etgan buyurtmachi, pudratchi va ayrim hollarda subpudratchilarga huquqbuzarlik aniqlangan vaqtgacha bajarilgan qurilish hajmi bo‘yicha moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi mumkin.

custom img

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Kichik va mikro GESlar qurilishiga xususiy sektorni keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

custom img

SSSRni tiklash g‘oyasini targ‘ib qilgan fuqaro 4 yilga qamaldi

Aziz Hakimov tuhmat, haqorat qilish va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishda aybdor deb topildi.

custom img

Ozodbek Nazarbekovga parlament so‘rovi yuborildi

So‘rov san’at maktablarida binolarning ta’mirtalabligi, jihozlar va pedagog kadrlar yetishmasligi kabi muammolar saqlanib qolayotgani sabab yuborildi.

custom img

O‘zagroinspeksiya: yarim yilda 131,1 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Inspeksiya tomonidan 46 971 ta monitoring tadbiri o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 39 132 ta ogohlantirish kiritilgan

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"