O'zbekiston

Bloger Olimjon Haydarovga sud hukmi o‘qildi

Tovlamachilik va yana bir nechta ayblovlar bilan qamoqqa olingan blogerga jazo tayinlandi.

Bloger Olimjon Haydarovga sud hukmi o‘qildi

 

1-dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudida farg‘onalik bloger Olimjon Haydarovga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy Sud Matbuot xizmati xabar berdi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining raisi A. Ergashev eʼlon qilgan hukmga ko‘ra, Haydarovning ayblovidan JKning 165-moddasi 2-qismi “a” bandi chiqarilib, u JKning 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi, 3-qismi “a” bandi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

 

Unga JKning 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61 (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) moddalari tartibida 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

 

Shuningdek, Majburiy ijro byurosi zimmasiga ijtimoiy tarmoqlardagi O. Haydarovga tegishli barcha kanal, sahifa va guruhlarni hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng o‘chirilishi (bloklanishi)ni taʼminlash yuklatildi.

 

Eslatib o‘tazmiz, joriy yilning 29 iyul kuni Farg‘ona viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida bloger Olimjon Haydarov tovlamachilik ustida qo‘lga olingan edi.

custom img

Millatlar raqsi — do‘stlik va hamjihatlik timsoli

Qashqadaryoda o‘tkazilayotgan “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” V xalqaro ekologiya qurultoyi doirasida yoshlar turli xalqlarning milliy raqslarini ijro etdi.

custom img

“Hozir yangi universitet ochishga ehtiyoj yo‘q” — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bitiruvchilari bandlik ko‘rsatkichi belgilangan darajadan past bo‘lgan oliygohlarni boshqa universitetlarga qo‘shib yuborish yoki yopish bo‘yicha choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda blekaut yuz berdi

Energetika vazirligi uzilish qo‘shni mamlakat energetika tizimidagi avariya bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda litsenziya olmasdan 3 oy tadbirkorlik qilish mumkin bo‘ladi

Bu muddatda ular litsenziya talablarini bajarishi va tegishli hujjatni olishi yoki faoliyatini to‘xtatishi kerak.

custom img

“Afg‘onistonga elektr energiyasi faqat ichki talab qondirilgandan keyin eksport qilinadi” — Energetika vaziri

Sherzod Xo‘jayev quyosh va shamol elektr stansiyalari yuqori quvvatda ishlagan paytda hosil bo‘ladigan ortiqcha elektr energiyasini eksport qilish orqali katta iqtisodiy samaraga erishish mumkinligini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi IOI 2026da tarixiy natijaga erishdi

Yosh dasturchilar xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 6 oyda 9,3 milliard dollarga yetdi

2026-yilning birinchi yarmida xorijdan O‘zbekistonga yuborilgan mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga oshdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"