O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon iqlim sammiti doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Ushbu nufuzli moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv avvalida davlat rahbari joriy yil may oyida Samarqandda o‘tgan YETTB Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishining samarali natijalarini yuksak baholadi.

 

Bankning mamlakatdagi investitsiyalari 3,5 milliard yevrodan oshgani, loyihalar portfelining 60 foizi xususiy sektorga to‘g‘ri kelayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Mamlakat bilan sheriklik bo‘yicha ishlab chiqilayotgan Sheriklik strategiyasi, eng avvalo, kichik va o‘rta biznes, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish, bank sohasida xususiylashtirish, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik sifati va ko‘lamini salmoqli darajada oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

 

Mamlakatda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Kelgusi yilda Xorijiy investorlar kengashi navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda 29 trillion so‘mlik noqonuniy mablag‘larning chiqib ketishining oldi olindi

Kiberjinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklanib, 9 282 ta kiberjinoyat fosh etilgan.

custom img

Shveysariya va Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariya va Germaniyaning mamlakatdagi yangi elchilari Simon Giger hamda Mattias Follertdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

custom img

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Haftasiga 5 kun ishlovchilar ketma-ket to‘rt kun, 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun dam oladi.

custom img

Qurilishdagi qo‘pol huquqbuzarliklar uchun har bir kvadrat metrga jarima solinishi mumkin

Noqonuniy qurilishda ishtirok etgan buyurtmachi, pudratchi va ayrim hollarda subpudratchilarga huquqbuzarlik aniqlangan vaqtgacha bajarilgan qurilish hajmi bo‘yicha moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi mumkin.

custom img

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Kichik va mikro GESlar qurilishiga xususiy sektorni keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

custom img

SSSRni tiklash g‘oyasini targ‘ib qilgan fuqaro 4 yilga qamaldi

Aziz Hakimov tuhmat, haqorat qilish va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishda aybdor deb topildi.

custom img

Ozodbek Nazarbekovga parlament so‘rovi yuborildi

So‘rov san’at maktablarida binolarning ta’mirtalabligi, jihozlar va pedagog kadrlar yetishmasligi kabi muammolar saqlanib qolayotgani sabab yuborildi.

custom img

O‘zagroinspeksiya: yarim yilda 131,1 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Inspeksiya tomonidan 46 971 ta monitoring tadbiri o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 39 132 ta ogohlantirish kiritilgan

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"