Prezident “SWS” kompaniyasi direktori bilan uchrashdi
Uchrashuvda O‘zbekistondagi suv taʼminoti masalasi ko‘rib chiqilgan.

Bugun, 2 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev BAAning “SWS” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Ahmad Al-Shamsiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Kompaniyaning O‘zbekiston hududlarida suv taʼminoti va suvni tozalash sohalaridagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish, bunda xalqaro sheriklarni, shu jumladan Fransiyaning “SUEZ” va Yaponiyaning “Marubeni” kompaniyalarini jalb qilish borasidagi rejalari ko‘rib chiqildi.







