Toshkentda issiq suv narxi oshdi
1-dekabrdan yangi narxlar amalda bo‘ladi.

Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun yangi narxlar tasdiqlandi.
2023-yil 1-dekabrdan Veolia Energy Tashkent MCHJ XK tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan bazaviy narxlar qo‘shilgan qiymat solig‘isiz 664 465 so‘m/Gkal darajasida, bunda:
- aholi uchun — 91 960 so‘m/Gkal;
- yuridik shaxslar uchun — 212 660 so‘m/Gkal;
- budjet tashkilotlari uchun 801 963 so‘m/Gkal darajasida tasdiqlandi.
Markazlashgan issiqlik taʼminoti tariflarini budjet tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar uchun keskin oshib ketishining oldini olish maqsadida investitsion xarajatlar tarif strukturasidan alohida hisobga olingan. Shuningdek, isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon hisobida to‘lash tizimiga o‘tkazilgan.







