Toshkentda kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda
Shahar IIBB fuqarolardan xavotirga berilmaslikni so‘radi.

Toshkentda kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda shahar IIBB maʼlumot berdi.
Poytaxtda jinoyatlarni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida shahar IIBB hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilyapti.
"Xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni so‘raymiz. Barcha harakatlar shahrimizning tinchlik va osoyishtaligini taʼminlash maqsadida o‘tkazilmoqda", - deyiladi xabarda.







