O'zbekiston

Bank kartalaridan pul o‘g‘irlanishiga qarshi choralar belgilandi

Endi asosiy foydalanuvchiga uning profiliga kirganlik haqida darhol SMS-xabar yuboriladi.

Bank kartalaridan pul o‘g‘irlanishiga qarshi choralar belgilandi

O‘zbekistonda bank kartalaridan pul o‘g‘irlanishiga qarshi choralar ko‘rilmoqda.

 

Buning uchun banklar va to‘lov tizimlarining mobil ilovalarida yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining mablag‘larini o‘tkazish imkoniyatini 1 soatgacha cheklash rejalashtirilmoqda.

 

Asosiy foydalanuvchiga uning profiliga kirganlik haqida darhol SMS-xabar yuborish va mobil qurilmalar xususida IMEI, IMSI, DeviseID va boshqa qo‘shimcha maʼlumotlarni yig‘ish belgilanmoqda.

 

“Yo‘l xaritasi“da foydalanuvchilarning SMS-xabarlar orqali olinadigan bir martalik parollarini himoya qilish mexanizmini joriy etish, shuningdek, bank kartalaridan mablag‘larni o‘g‘irlash holatlari haqida kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni (bloklash va boshqalar) ko‘rish taklif etilgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"