Endi O‘zbekiston “prava”si bilan BAAda mashina haydash mumkin
Bu bo‘yicha ikki davlat memorandum imzoladi.

Endi O‘zbekistonda berilgan haydovchilik guvohnomasi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida avtomashina haydash mumkin bo‘ladi.
Ikki davlat ichki ishlar vazirlari shunday memorandum imzoladi. U 2024 yil 27 yanvardan kuchga kiradi.
Hujjatga ko‘ra, bir davlat fuqarosi boshqasining hududida mashina haydaganda milliy haydovchilik guvohnomasidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Ammo bu uzoq muddat yashash huquqini olganlarga taalluqli emas.







