Taniqli kinoshunos Jo‘ra Teshaboyev vafot etdi
U 90 yoshda edi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi, professor Jo‘ra Teshaboyev 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar qildi.
Jo‘ra Teshaboyev kinoshunos, ssenariychi, sanʼatshunoslik fanlari doktori, faoliyatida davomida 30 ga yaqin hujjatli kino, 2 ta multfilimga ssenariy yozgan.
Yuqori faoliyatini sanʼatga baxshida etgan Jo‘ra Teshaboyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi (1989), Sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor (1991) unvonlarini qo‘lga kiritgan.
Kinoshunoslik ilmining atoqli namoyondalaridan biri, milliy kino sanʼatimizning nazariy asoslarini keng ko‘lamda ilmiy tadqiq etishga asos solgan taniqli olim edi.







