O'zbekiston

Toshkent aeroportida SIM-karta sotiladigan savdo nuqtalari tashkil etiladi

Buning uchun joylar kimoshdi savdosiga qo‘yildi.

Toshkent aeroportida SIM-karta sotiladigan savdo nuqtalari tashkil etiladi

 

Toshkent aeroportida SIM-kartalar savdo nuqtasini tashkil etish uchun joy kimoshdi savdosiga qo‘yildi.

 

Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasi “Toshkent” aeroporti jo‘nab ketish terminalining “steril” hududida, ikkinchi qavatda B5-B7 va B1-B2 saqlash joylarida maydon ijarasi uchun lotni E-auksion.uz elektron platformasiga joylashtirdi.

 

Texnik shartlarga ko‘ra, umumiy 4 kv.m maydonda ikkita saqlash joylarida xorijiy uyali aloqa operatorlarining SIM-kartalarini sotish uchun ikkita savdo nuqtasi joylashtirilishi kerak. Lotlarning yillik boshlang‘ich qiymati — 15,8 mln. so‘mni tashkil etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, auksionda ishtirok etuvchi kompaniyalar barcha texnik shartlarga mos kelishlari lozim. Ijarachilarga qo‘yiladigan talablar va boshlang‘ich narxlar E-auksion veb-saytida barcha uchun ochiq joylashtirilgan. Kimoshdi savdosi qoidalariga ko‘ra, dastlabki yillik summalar savdo paytida kamida 10 foizga oshishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"