Xorazmda talaba pnevmoniyadan vafot etdi
Hozirda bu bo‘yicha sud ekspertizasi tayinlangan.

Xorazmda TTA Urganch filiali talabasi pnevmoniya oqibatida vafot etdi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, soat 12:00 lar atrofida TTA Urganch filiali “Davolash fakulteti” 1-bosqich talabasi Aytboyev Sherxon Anvar o‘g‘li o‘tkir zotiljam (pnevmoniya) asoratlari boshlanganidan bugungi kungacha davo choralarini olib kelganiga, shuningdek, tez tibbiy yordam shifokorlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etgan.
Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, xulosalar aniq bo‘lganidan keyin qo‘shimcha maʼlumot berilishi aytilgan.







