Salomatlik

O‘zbekiston aholisining yarmi og‘ir vaznli, 20 foizi semiz hisoblanadi

JSST bilan birgalikda O‘zbekistonning 18-64 yoshdagi aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatgan

O‘zbekiston aholisining yarmi og‘ir vaznli, 20 foizi semiz hisoblanadi




Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 18-64 yoshdagi aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki,

 

— har kuni aholining uchdan ikki qismi (67 foiz) yetarli miqdorda (400 grammdan kam) sabzavot va mevalar isteʼmol qiladi;

 

— aholining yarmi og‘ir vaznli, 20 foizi semiz;

 

— 46 foizining qonida xolesterin miqdori oshgan;

 

— aholining o‘rtacha tuz isteʼmoli kuniga 14,9 grammni tashkil etadi.

 

Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan miqdordan 3 baravar ko‘p (kuniga 5 grammdan oshmasligi lozim) deganidir.

 

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishiga jalb etish muhim ahamiyatga ega.

 

Shu o‘rinda jismoniy faollik hamda ovqatlanish meʼyor va qoidalariga amal qilmaslik,

 

Tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish,

 

Shuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar isteʼmol qilmaslik oqibatiga to‘xtalib o‘tsak.

 

Birinchidan, yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish,

 

Ikkinchidan, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"