O'zbekiston

O‘zbekistonga qattiq sovuq kirib kelmoqda

“O‘zgidromet” havo keskin sovib ketishi haqidagi prognozlarni tasdiqladi.

O‘zbekistonga qattiq sovuq kirib kelmoqda

 

O‘zgidromet” havo keskin sovib ketishi haqidagi prognozlarga izoh berdi

 

Maʼlum qilinishicha, jahon prognoz markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, Ural va G‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiyaning shimoliy Yevropa hududlaridan 9-10 dekabr kunlari O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 11-12 dekabrda esa butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

 

10-11 dekabr kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin).

 

Havo harorati 11-12 dekabrda kechasi 7-10 darajagacha, kunduzi 0-3 darajagacha pasayadi, shimolda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

 

Toshkentda 10-11 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. 11-12 dekabrda havo harorati kechasi 7-10 daraja, kunduzi 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi.

 

9-12 dekabr kunlari uchun ob-havo maʼlumoti dastlabki hisoblanadi. Agar keskin sovuq yangi maʼlumotlar bilan tasdiqlansa, “Favqulodda gidrometeorologik maʼlumot” maxsus xabari bilan eʼlon qilinadi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"