O'zbekiston

Andijonda ham “tozalov”: 3 nafar tovlamachi ushlandi

Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati maʼlum qildi.

Andijonda ham “tozalov”: 3 nafar tovlamachi ushlandi

 

Andijon viloyatidagi profilaktik tadbirlarda jinoyat olami vakillari, tovlamachilar, «o‘zidan yetakchi yasab olganlar» hamda ularga yaqin bo‘lgan shaxslar qo‘lga olinmoqda. Xususan, bezorilik, tovlamachilik va giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishda gumonlanib 3 nafar shaxs hibsga olindi.

 

Andijon viloyati hududida «Dolzarb 40 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari doirasida bir qator jinoyat olami vakillari, tovlamachilar, o‘zidan “yetakchi” yasab olganlar hamda ularga yaqin bo‘lgan shaxslar ushlanmoqda, deya xabar qildi viloyat IIB matbuot xizmati.

 

Xususan, 2023 yilning 2 dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida:

 

  • muqaddam Jinoyat kodeksining 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish), 238 (Yolg‘on guvohlik berish), 241 (Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish), 165-moddalarida (Tovlamachilik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun bir necha marotaba sudlangan, Andijon tumanida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan Bayxnov Noufal Alisherovich;

  • muqaddam Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam o‘ldirish), 164 (Bosqinchilik), 165-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun bir necha marotaba sudlangan, Andijon shahrida yashovchi,1989-yilda tug‘ilgan Umarov Umidbek Rafukjonovich;

  • muqaddam Jinoyat kodeksining 159-moddasida (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun sudlangan, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1961-yilda tug‘ilgan Mamajonov Dilmurod Adhamjanovich ushlangan.

 

Ularga nisbatan viloyat hududida mayda bezorilik, tovlamachilik, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish, giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganliklari aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat kodeksining 165, 251−1 (Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish), 273-moddalariga (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) asosan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

«Agar ushbu shaxslardan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz, Andijon viloyati IIBning „102“ raqami yoki 97−432−10−20 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», — deyiladi xabarda.

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Ruslanbek Davletov yangi lavozimga tayinlandi

Davletov bunga qadar Prezidentning vakillik organlari, NNTlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

custom img

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

custom img

Andijonda qizlarni Turkiyaga fohishalikka olib ketishga uringan ayollar ushlandi

Ular qizlarni yuqori maoshli ish taklifi bilan aldab, Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"