O'zbekiston

Bojxona tizimi korrupsiyaga qarshi qanday kurashmoqda?

54 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi.

Bojxona tizimi korrupsiyaga qarshi qanday kurashmoqda?

 

Bojxona maʼmuriyatchiligini yangi bosqichga olib chiqish, bojxona yuk operatsiyalarini raqamli transformatsiya qilish orqali inson omilini keskin qisqartirish, bojxona sohasini ochiqlik, shaffoflik hamda ishonchlilik tamoyillari asosida korrupsiyadan holi tizimga aylantirish maqsadida, so‘nggi bir yil davomida 30 ga yaqin  normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

 

Jumladan, Davlatimiz rahbarining 2022 yilning 27 apreldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan bojxona organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish dasturi tasdiqlandi.

 

Dasturga binoan 2022 yil 1 sentyabrdan xalqaro standartlarga muvofiq komplanar nazorat tizimini to‘laqonli ishga tushirish hamda xodimlarning ushbu tizim bo‘yicha bilim va malakasini oshirish yo‘lga qo‘yildi.

 

Shuningdek, 2022 yil 1 iyundan kadrlarni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlash, bunda, tanlov jarayonlari natijalarini Internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida eʼlon qilib borilishi taʼminlandi.

 

Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytida “Bojxona organlari xizmatiga ishga joylashish” onlayn sahifasi ishga tushirildi.

 

2022 yil 1 iyuldan eʼtiboran, bir bojxona postida uch yildan ortiq xizmat o‘tagan xodimni rotatsiya qilish tartibi joriy etildi. Rotatsiya tartibi qo‘llaniladigan lavozimlar ro‘yxati va mezonlarini aniq belgilash asosida ushbu mexanizm takomillashtirildi.

 

Ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlariga to‘liq rioya etish hamda bojxona tizimi faoliyatida ochiqlik prinsiplariga amal qilish darajasini oshirish bo‘yicha bojxona  xizmati organlari faoliyatining ochiqligi konsepsiyasi qabul qilindi.

 

Korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish hamda inson omilini qisqartirish maqsadida bojxona tartib-taomillarini amalga oshirishning avtomatlashtirilgan tizimlari joriy etildi. Xususan, 12 ta yangi axborot tizimlari, 13 ta yangi elektron xizmat, 6 ta mobil ilovasi ishlab chiqildi.

 

Bojxona organlarida “Korrupsiyaviy xavflarni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizmi ishlab chiqilib, dastur yordamida xodimlar faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlar, shubhali vaziyatlar va umuman korrupsiyaga imkon yaratishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqlar avtomatik aniqlanib borilmoqda.

 

Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari hamda fuqarolarga bojxona organlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarni baholash bo‘yicha “Bojxona xizmatini baholash” mobil ilovasi ishlab chiqildi

 

Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarida inson omilini qisqartirish orqali bojxona xodimi va tashqi iqtisodiy faoliyat subyekti o‘rtasidagi bevosita muloqotga barham berish maqsadida masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari tashkil etildi.

 

Bu borada, 2023 yilning sentyabr oyida Bojxona qo‘mitasida Markazlashtirilgan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona posti faoliyati yo‘lga qo‘yilib, hozirda ushbu bojxona postida respublika bo‘yicha jami deklaratsiyalarning 50 % rasmiylashtirilmoqda.

 

Shuningdek, bojxona ko‘rigi natijalari planshet yordamida tasdiqlanishi, xodimlarni GPS monitoring va video kuzatuv orqali faoliyatini nazorat qilish yo‘lga qo‘yildi.

 

Shuningdek, xavf darajasi past bo‘lgan deklaratsiyalar inson omili ishtirok etmagan holda avtomatik tarzda rasmiylashtirilmoqda.

 

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan jami 68 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, 3 ta holatda korrupsiyaga qarshi qabul qilingan ichki tartib qoidalar buzilganlik holatlari aniqlangan. 26 marotaba xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, 54 nafar xodimga intizomiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 3 nafar xodim bojxona organlari xizmatidan bo‘shatildi.

 

Korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini kuchaytirish maqsadida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi shaxsiy tarkib bilan profilaktik mazmunda 60 marotaba uchrashuv, seminar va davra suhbatlari, 297 nafar xodim bilan esa individual profilaktik tarbiyaviy ishlar amalga oshirildi.

 

Boshqarmada korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning keng yoritish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalarida 100 dan ziyod chiqishlar tashkil qilindi.

 

Kelgusida ham bojxona organlari bilan jamoatchilik, nodavlat tashkilotlar o‘rtasida yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshiriladi.

 

Eslatma: bojxona qonunchiligi buzilishi yoki bojxona xodimlarining noqonuniy harakatlariga doir holatlar yuzasidan Bojxona qo‘mitasining qisqa raqamli 11-08 hamda Toshkent shahar bojxona boshqarmasining (71)  207-09-39 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin!

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"