Janubiy Koreya kosmosga raketa uchirdi
Parvoz Jeju oroli yaqinida amalga oshirilgan.

Shimoliy Koreyadan so‘ng, ko‘p vaqt o‘tmay Janubiy Koreya ham kosmosga o‘z raketasini uchirdi.
“Sunʼiy yo‘ldoshni fazoga olib chiqishi rejalashtirilgan raketaning parvozi muvaffaqiyatli amalga oshirildi”, — deydi mamlakat mudofaa vazirligi.
Parvoz 4 dekabr kuni Jeju oroli yaqinida amalga oshirilgan.
Bu raketa mamlakatning 2022 yilning mart va dekabr oylarida amalga oshirilgan ikki parvozidan so‘ng uchinchi muvaffaqiyatli sinovi hisoblanadi. Vazirlik parvozni Pxenyan o‘zining birinchi harbiy josuslik sunʼiy yo‘ldoshini uchirganidan so‘ng erishilgan muhim bosqich sifatida olqishlamoqda.





