Jizzaxda maktab direktori pora bilan ushlandi
Maʼlum bo‘lishicha, u muqaddam ham sudlangan.

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida maktab direktori pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, u Jizzax shahrida yashovchi fuqaroni o‘zi rahbarlik qilayotgan muassasaga o‘rinbosarlik lavozimiga ishga qabul qilish va qo‘shimcha soat 6 dars berish uchun 5 million so‘m so‘ragan.
U ushbu pullarning 4 million so‘mini olgan Jizzax shahri hududida olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Taʼkidlanishicha, direktor muqaddam Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish) bilan sudlangan.







