O‘zbekistonda bu yilgi kuz kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi
Barcha hududlarda harorat o‘rtacha iqlimiy meʼyordan 3−6 daraja yuqori bo‘lgan.

2023-yil kuzi O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng issig‘i bo‘ldi. Xususan, sentyabrda havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lgan bo‘lsa, oktyabr oyida oyning o‘rtacha harorat meʼyordan 1,5−2,5 darajaga yuqori bo‘ldi.
Ayniqsa noyabr oyining katta qismida havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga nisbatan yuqori bo‘ldi va faqat sovuq davrda iqlimiy meʼyorgacha pasaydi. Barcha hududlarda harorat o‘rtacha iqlimiy meʼyordan 3−6 darajaga ko‘p bo‘ldi va meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng issiq noyabr oyi reytingida birinchi o‘rinni egalladi.







