O'zbekiston

O‘zbekistonda shu hafta qor yog‘ishi mumkin

“O‘zgidromet” tezkor gidrometeorologik axborot e’lon qildi.

O‘zbekistonda shu hafta qor yog‘ishi mumkin

 

Unga ko‘ra, 9—14-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

 

9-dekabr kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 10-dekabrda shimoliy va cho‘l hududlarida, 11-dekabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi.

 

Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12—14-dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqqacha, shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.

 

Jahon prognoz markazlarining dastlabki hisob-kitoblari asosida Ural va G‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiyasining shimoliy Yevropa hududlaridan 9—10-dekabr kunlari O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 11—12-dekabrda esa butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi ma'lum qilingandi.

 

“O‘zgidromet” keskin sovuq yangi ma’lumotlar bilan tasdiqlansa, “Favqulodda gidrometeorologik ma’lumot” maxsus xabari bilan e’lon qilinishini bildirgandi.

custom img

Toshkentda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida ekoturizm sammiti o‘tkazildi

Tadbirning asosiy qismi turizm bozoridagi yangi hamkorlarni jalb qilish va O‘zbekistonning ekoturizm, tog‘, gastronomik hamda boshqa yo‘nalishlarini xorijiy bozorlarda targ‘ib etishga qaratildi.

custom img

Bituruvchilarning oliy taʼlimdan keyingi taqdiri nima bo‘lyapti?

O‘zbekistonda ilk marotaba Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalari eʼlon qilindi. Unda respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"