O'zbekiston

Toshkentda Yangi Nafas — ekiden ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 10 dekabr kuni Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan jamoaviy musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda Yangi Nafas — ekiden ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

 

Joriy yilning 10 dekabr kuni soat 11:00 da Yangi Nafas xalqaro sport harakatining boshqaruvi ostida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan jamoaviy musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

 

Yangi Nafas – ekiden musobaqalari erkaklar, ayollar va aralash estafetada o‘tkaziladi. Tasdiqlangan nizomga asosan, aralash estafeta tarkibida kamida 2 ta ayol va eng ko‘pi bilan 5 ta erkak bo‘lishi kerak. Jamoada 6 nafar erkak va 1 nafar ayol ishtirok etadigan holda, jamoa erkaklar toifasida ishtirok etadi.

 

Ayni paytda iticket.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni ochiq bo‘lib, quyidagi havola orqali o‘tish mumkin:

 

Yangi Nafas – Ekidenning g‘alaba qozongan jamoalariga tashkilotchilar tomonidan quyidagi pul mukofotlari topshirilishi ko‘zda tutilgan:

 

• 1-o‘rin uchun - 7 000 000 so‘m

• 2-o‘rin uchun - 5 000 000 so‘m

• 3-o‘rin uchun - 3 000 000 so‘m

 

Musobaqani tashkil etishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi va bir qator tashkilotlar ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida ekoturizm sammiti o‘tkazildi

Tadbirning asosiy qismi turizm bozoridagi yangi hamkorlarni jalb qilish va O‘zbekistonning ekoturizm, tog‘, gastronomik hamda boshqa yo‘nalishlarini xorijiy bozorlarda targ‘ib etishga qaratildi.

custom img

Bituruvchilarning oliy taʼlimdan keyingi taqdiri nima bo‘lyapti?

O‘zbekistonda ilk marotaba Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalari eʼlon qilindi. Unda respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"