8 yoshli qizga uyatsiz harakat qilgan erkak qamaldi
Sudda uning ishi ko‘rib chiqilib, hukm o‘qildi.

Avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 8 yoshli qizni majburlab o‘pib, uyatsiz harakatlar qilgan erkak ushlangani xabar qilingandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida M.I.ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq, M.I. Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 50-moddasi (ozodlikdan mahrum qilish) 6-qismi talabidan kelib chiqqan holda 5 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilingan.







