Bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev ozodlikka chiqdi
U o‘tgan yili ozodlikdan mahrum qilingandi.

Bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev ozodlikka chiqdi. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon Tashanov o‘zining Fasebookʼdagi sahifasida maʼlum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Orifxo‘jayev 2022-yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi tomonidan 7,5 yilga qamalgandi.
Taʼkidlanishicha, bloger shartli ravishda muddatidan avval ozodlikka chiqarilgan.







