Jahon

Seulda haydovchisiz avtobuslar harakatlana boshladi

Ushbu jamoat transporti yurish hozircha bepul.

Seulda haydovchisiz avtobuslar harakatlana boshladi

 

Seulda shaharning aholi zich joylashgan hududlarini bog‘lovchi haydovchisiz avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

 

Dushanbaga o‘tar kechasi ikkita avtobus Seulning eng gavjum tumanlaridan biri bo‘lgan Xonde va Dondemunni bog‘laydigan 20 bekat oralig‘ida yo‘lovchilarni tashishni boshladi.

 

Ular ish kunlarida soat 23:30 dan 5:10 gacha, har 70 daqiqada taxminan 10 kilometr masofani bosib o‘tadi.

 

Haydovchisiz avtobuslar oddiy avtobuslar bilan bir xil. Barcha yo‘lovchilar xavfsizlik kamarlarini taqishlari va transport vositasida turmasliklari kerak.

 

Birinchi kuni avtobusda ikki qo‘riqchi va haydovchi o‘tirgan, biroq hech kim transport vositasini boshqarmagan.

 

Jamoat transportida yo‘l haqi to‘lash kelasi yil boshidan boshlanadi.

 

Seul bunday yo‘nalishlar sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

custom img

Nepalda kuchli suv toshqini bo‘ldi: qurbonlar soni 95 nafarga yetdi

Bxote Koshi daryosida yuzaga kelgan toshqin oqibatida 63 kishi jarohatlandi, yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan.

custom img

Vladimir Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan taqdirladi

Mukofot unga inson hayoti va erkinligini himoya qilish hamda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.

custom img

Eron BMT Xavfsizlik kengashidan AQSHning bir tomonlama choralarini qoralashni so‘radi

Tehron Vashingtonning iqtisodiy va harbiy bosimini xalqaro huquqqa zid deb baholab, bu choralar xalqaro miqyosda xavfli pretsedent yaratishi mumkinligidan ogohlantirgan.

custom img

Pokistonda tug‘ruqxonadagi yong‘inda 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga bo‘lim ichidagi konditsioner kompressorining portlashi sabab bo‘lgan.

custom img

AQSh immigratsion viza arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Davlat departamenti bu chorani global o‘quv tadbiri bilan izohladi.

custom img

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lganini bildirdi

Tehronda o‘tkazilgan muzokaralarda mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"