Milliy gvardiya xodimi 5 yilga qamaldi
U odam savdosi bilan qo‘lga tushgan.

Toshkent viloyatida Milliy gvardiya xodimi odam savdosi bilan qo‘lga tushib, 5 yilga qamaldi.
Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi nazoratchisi sifatida ishlagan R.o. tarmoqlarda massaj xizmati ko‘rsatiladigan reklamani ko‘rib, undagi qiz S.Yoqubovani yoqtirib qoladi va u bilan ishqiy munosabatda bo‘lish payida yuradi.
Shu maqsadda u qiz bilan tanishib, gaplashib yuradi va keyinroq uni tanishi orqali Dubayga yubormoqchi bo‘ladi. Gvardiya xodimi Yoqubovani Dubayga jo‘natayotgan vaqtda Toshkent aeroportida qo‘lga olinadi.







