O'zbekiston

Qarshida tirik qizaloq o‘liklar ro‘yxatiga tushib qoldi

Adliyaning viloyatdagi mas’ullari aybni FHDYO xodimlaridan qidirmoqda.

Qarshida tirik qizaloq o‘liklar ro‘yxatiga tushib qoldi

 

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida yashovchi Asliddin Muhammadiyev va Sojida Ismatovalar oilasida 2022-yilning 24-iyun kuni uch nafar egizak dunyoga keldi. Qarshi shahridagi roddomda tug‘ilgan chaqaloqlarning biri — Fotimaxon ismli qizaloq bo‘lib, u tug‘ilganidan uch kun o‘tgach, vafot etdi. Zuhraxon ismli egizaklarning biri tirik bo‘lsa-da, FHDYO xodimlari aybi bilan o‘liklar ro‘yxatidan joy oldi

 

Murojaatchining aytishicha, shu voqea sabab Zuhraxon Fahriddinovaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomasi yaroqsiz qog‘ozga aylangan.

 

Ana shu ish bo‘yicha 2022-yilning avgust oyidan hozirgi kungacha sarson-sargardonchilik bo‘lmoqda, — deydi egizaklarning bobosi Faxriddin aka. 

 

Faxriddin akaning ma’lumot berishicha, Zuhraxonning vafot etganlar ro‘yxatida turgani ularga 2022-yilning avgust oyida ma’lum bo‘lgan. 

 

Bolalar puli uchun hujjat tayyorlaymiz deb borganda o‘g‘lim bilib qolyapti-da. Bu bola o‘ldi turibdi-ku deyishganda, chopa-chop bo‘lib qoldi. Murojaat qilmagan joyimiz ham qolmadi, uchrashmagan tashkilotimiz ham qolmadi, — deydi bobo. 

 

Fahriddin akaning qo‘shimcha qilishicha, uning viloyat prokuraturasiga qilingan takroriy murojaatlaridan so‘ng prokuratura Qarshi shahar FHDYO mudirasi ishini o‘rgana boshlagan. Ammo ko‘p o‘tmay, voqea yana bosti-bosti qilingan. 

 

Viloyat prokuraturasi bularning ustidan jinoiy ish qo‘zg‘adi. Lekin na bizni chaqirishdi, na ular bilan yuzlashtirildik. Hech kim so‘ramadi. Keyin bilsak imi-jimida rahbari qolib, kambag‘al inspektor qizchaga nisbatan chora ko‘rishgan ekan, — deydi egizaklarning bobosi.

 

Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi axborot xizmati rahbari Shohida Shoimovaning “Daryo”ga bildirishicha, mazkur voqea sabab 2 nafar FHDYO xodimiga hayfsan berilgan. 

 

G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro S.Ismatovaning uch nafar egizak farzandlari tug‘ilgan bo‘lib, ikkinchi farzandi Z.F. va uchinchi farzandi M.Z. ning tug‘ilishi qayd etilgan va birinchi farzandi F.F. vafot etgan hamda uning tug‘ilishi qayd etilmagan. Birinchi farzandning o‘limini qayd etishda texnik xatolik sababli axborot tizimida ikkinchi farzand Z.F.ning JSHSHIR tortilganligi sababli unga nisbatan “vafot etgan” degan ma’lumot shakllangan. Mazkur holat yuzasidan boshqarma tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, joriy yilning noyabr oyida birinchi farzand F.F.ning tug‘ilishi va o‘limi qayd etilgan. Axborot tizimida ikkinchi farzand Z.F. ning vafot etganligi bilan bog‘liq ma’lumotlarga tuzatish kiritilgan, — dedi.

 

Murojaatchining qo‘shimcha qilishicha, u nabirasiga nisbatan qo‘llanilgan qo‘pol xatolik barataf etilganini 2023-yilning 5-dekabr kuni bilgan. Va shu kuni yugur-yugurdan, sarsongarchilikdan to‘xtagan.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"