O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda “zapravka”lar ish vaqtiga cheklov kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi shoxobchalar ishlashida ham uzilishlar bo‘layotgani aytilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda “zapravka”lar ish vaqtiga cheklov kiritildi

 

Havo sovishi munosabati bilan, Qoraqalpog‘istonda avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari soat 06:00 dan 15:00 gacha ishlashi belgilandi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari tun-u kun rejimidan soat 6:00 dan 15:00 gacha ishlash rejimiga o‘tmoqda. 

 

Bu cheklov 9–14 dekabr kunlari havo kesin sovib ketishi munosabati bilan isteʼmolchilarning tabiiy gazga talabi ortib, magistral tarmoqlarda gaz bosimi pasayishining oldini olish maqsadida kiritilgan.

 

Avvalroq ayni sabab bilan Andijon viloyati hokimligi 4 dekabrdan boshlab viloyatdagi AGTKSlar ish vaqti 6:00 dan 15:00 gacha cheklanishi haqida xabar bergandi.

 

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi gaz quyish shoxobchalari faoliyatida ham uzilishlar kuzatila boshlagani haqida maʼlumotlar bor.

 

Noyabr oyida parlamentda hisobot bergan energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov qattiq sovuq kunlarda gaz-shoxobchalariga taʼminot 30 foizgacha qisqartirilishi mumkinligini aytgandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan.

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

custom img

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

custom img

Andijonda qizlarni Turkiyaga fohishalikka olib ketishga uringan ayollar ushlandi

Ular qizlarni yuqori maoshli ish taklifi bilan aldab, Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"