Ukraina sobiq deputati Moskva viloyatida o‘lik holda topildi
Ukraina xavfsizlik xizmati Ilya Kivaning o‘limini tasdiqlab, uni "xoin" deb atadi.

Ilya Kivaning o‘limi Ukraina xavfsizlik xizmatining maxsus operatsiyasi ekani aytilmoqda. U davlatga xiyonat qilish, nafrat uyg‘otish, hokimiyatni egallash va agressiv urushga chaqirishda ayblanib, Ukrainada sirtdan 14 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Ukraina xavfsizlik xizmati Ilya Kivaning o‘limini tasdiqlab, uni xoin deb atadi.
“Ha, biz Kiva o‘lganini tasdiqlashimiz mumkin. Ukrainaning boshqa xoinlari ham xuddi shunday taqdirga duchor bo‘ladi”, — dedi Ukraina razvedkasi vakili.
OAV Kiva otib tashlangan bo‘lishi mumkinligi haqida yozmoqda. Uning boshida o‘qdan qolgani taxmin qilinayotgan teshik bo‘lgan.






