Jizzaxda ham jinoiy guruh aʼzolari ushlandi
Sud tomonidan 15 kishiga qamoq jazosi tayinlangan.

Jizzax viloyatida jinoiy guruhlarga aʼzo bo‘lgan, ijtimoiy muhitga salbiy taʼsirini o‘tkazishga urinayotgan shaxslarni qo‘lga olish va ularning jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida ijtimoiy muhitga salbiy taʼsirini o‘tkazishga urinayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi doirasida 3 nafar shaxslar qo‘lga olinib, 12 nafar shaxslarga jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shuningdek, jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxslar ushlandi.







