O'zbekiston

Piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisi qamaldi

Voqea joriy yilning iyul oyida yuz bergandi.

Piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisi qamaldi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisi 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

 

Joriy yil 19 iyul kuni soat 16:30 da Bobur ko‘chasida avtobus haydovchisi A.D. chap tizmaga o‘tayotganda orqani ko‘rsatuvchi chap oynaga qarab, 2−3 soniya to‘g‘ri yo‘lga qaramasdan chalg‘ib qolgan. Shu vaqt yo‘ldan o‘tayotganda qatnov qismida belidan tushib qolgan ratsiyasini olish uchun o‘tayotgan G.K.ni urib yuborgan.

 

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining saʼy-harakatlariga qaramasdan u vafot etgan.

 

Sudda haydovchi qilmishidan pushaymon ekanini va aybiga to‘liq iqrorligini, shuningdek, piyodaning oila aʼzolariga 8,3 million so‘m moddiy yordam berganini maʼlum qildi. U suddan yengilroq jazo tayinlashni so‘ragan.

 

Jabrlanuvchining turmush o‘rtog‘i haydovchidan 70 million so‘m moddiy va maʼnaviy zararlarni undirib berish va unga nisbatan qonun doirasida jazo tayinlashni so‘rab, ko‘rsatuv berdi.

 

Sud sudlanuvchi A.D.ni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odam vafot etishi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topdi.

 

Unga nisbatan 2 yil muddatga muayyan huquqdan, yaʼni transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

custom img

Toshkentda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida ekoturizm sammiti o‘tkazildi

Tadbirning asosiy qismi turizm bozoridagi yangi hamkorlarni jalb qilish va O‘zbekistonning ekoturizm, tog‘, gastronomik hamda boshqa yo‘nalishlarini xorijiy bozorlarda targ‘ib etishga qaratildi.

custom img

Bituruvchilarning oliy taʼlimdan keyingi taqdiri nima bo‘lyapti?

O‘zbekistonda ilk marotaba Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalari eʼlon qilindi. Unda respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"