Yandeks taksining ustunlik mavqei tan olindi
Bu bo‘yicha tahlil natijalari eʼlon qilindi.

"Yandex Go" taksi xizmatining ustun mavqei tan olindi.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan taksi agregatorlari xizmatlari bozorida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari eʼlon qilindi.
Tahlillar natijasiga ko‘ra, bozor ulushlari va ko‘rsatilgan xizmatlari yuzasidan faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ichida eng katta bozor ulushi, yaʼni 86,3 foizi "Yandex Go" platformasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu ulush bilan mazkur xizmat O‘zbekistonda ustun mavqeni egallaydi.







