O'zbekiston

Toshkent aeroportida rekonstruksiya ishlari boshlandi

Aviakompaniya qurilishdan keyin aeroport qanaqa ko‘rinishda bo‘lishini maʼlum qildi.

Toshkent aeroportida rekonstruksiya ishlari boshlandi

Toshkent xalqaro aeroportida keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlandi.

 

Rekonstruksiya natijasida xalqaro aviaqatnovlar terminali maydoni ikki barobarga ko‘payadi, jo‘nab ketish hududiga kirish yo‘llari o‘zgaradi, uchib kelish va uchib ketish zallari yagona majmuaga birlashtiriladi, terminalning ikkinchi qavatida ochiq terrasa paydo bo‘ladi.

 

Ayni paytda Toshkent xalqaro aeroporti terminalining o‘tkazish qobiliyati yiliga 7 million yo‘lovchini tashkil etadi. Joriy yilda poytaxt aeroportida 6,8 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan. Xalqaro terminalni kengaytirish loyihasi 2 bosqichda amalga oshiriladi va 2025 yilning oxiriga qadar davom etadi. Mazkur ishlar yakuniga etgach, o‘tkazish imkoniyati yiliga 13 million yo‘lovchiga yetkaziladi.

 

Birinchi navbatda, aeroport maydonining kengayishiga uchib kelish va uchib ketish binolarining fasadlarini rekonstruksiya qilish, shuningdek, ularni birlashtirish orqali erishiladi. Aeroportga transportda kirish tizimi ham o‘zgaradi: transport vositalari birinchi qavat yoniga kelishadi, yo‘l o‘tkazgich esa binoning bir qismiga aylanadi.

 

Shuningdek, uchib kelish zalida 48 yo‘lovchi uchun o‘tish yo‘lagiga ega yangi chegara nazorati hududi paydo bo‘ladi. Mavjud uchib kelish zali ham to‘rttadan sakkizta yuk lentalarini joylashtirishni nazarda tutgan holda rekonstruksiya qilinadi, bu esa ko‘proq parvozlarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Taʼkidlash lozimki, ushbu loyiha kutib oluvchilar uchun alohida, hozirgi uchib kelish zalidan kattaroq - 6,2 ming kv.m. bo‘lgan hududni o‘z ichiga oladi.

 

Loyihaga ko‘ra, uchib ketish zalida 50 ta ro‘yxatdan o‘tish nuqtasi, katta o‘lchamdagi bagajlarni topshirish peshtaxtasi, bagajlarni o‘zi topshirish joyi, shuningdek, bojxona va yuk nazoratidan iborat yangi yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish zali quriladi. Aviatsiya xavfsizligi tekshiruv hududi ham kengayadi. Havo kemalariga chiqish uchun kutish maydonida – 800 o‘rinli kutish joyi va ovqatlanish hududi qurib bitkaziladi. Toshkent aeroporti uchun o‘ziga xos yangilik – uchish maydonining ikkinchi qavatida shaharga qaragan deyarli 5 ming kv.m. maydonga ega ochiq terrasa paydo bo‘ladi.

 

Uchish terminali bo‘ylab yangi o‘tish galereyasi quriladi, bu teletrap bo‘ylab o‘tuvchi, kelgan va ketayotgan yo‘lovchilar oqimini ajratish imkonini beradi. Uchib kelgan yo‘lovchilarga ko‘chaga chiqmasdan terminal binosiga kirish imkoniyatlarini oshirish uchun ikkita qo‘shimcha teletrap sotib olinadi. Rekonstruksiyadan so‘ng poytaxt aeroportida 6 ta teletrap ishlaydi, chiqish darvozalari soni esa 12 tani tashkil etadi.

 

Ushbu qurilish va rekonstruksiya ishlarining muhim bosqichidan biri bu - bagajga xizmat ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilishdir.Yangi tizimning o‘rnatilishi bilan aeroport real vaqt rejimida har bir yo‘lovchining aeroport majmuasi ichidagi yuklari harakatini kuzatish imkoniga ega boʻladi.Bu esa yuklar yo‘qolishini minimallashtirish va ularni samolyotga yana-da tezroq yuklash imkonini beradi. Shuningdek, yuklarni saralash uchun yangi maydon va xizmat ko‘rsatish uskunasining o‘rnatilishi ayrim reyslar yo‘lovchilariga parvozdan ro‘yxatdan o‘tish va bagajni topshirishni 24 soat oldin amalga oshirish imkonini beradi.

custom img

Toshkent viloyatida hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U imtiyozli kredit ajratib, o'z ehtiyohlari uchun sarflab yuborgan.

custom img

O‘zbekistonda ortib qolgan 1-sinf o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi

Yaroqlilik muddati tugaydigan ortiqcha o‘quv qurollari davlat bog‘chalarining maktabga tayyorlov guruhlariga ajratiladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"