Jahon

Bolalar o‘limiga sabab bo‘ladigan siroplar aniqlandi

Bu bo‘yicha JSST ogohlantirish bilan chiqdi.

Bolalar o‘limiga sabab bo‘ladigan siroplar aniqlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Janubiy va Shimoliy Amerika, Sharqiy O‘rta Yer dengizi, Janubi-Sharqiy Osiyo va G‘arbiy Tinch okeani mamlakatlarida tarkibida bolalarning o‘limiga sabab bo‘ladigan zaharli modda mavjud allergiya va yo‘tal siroplari aniqlanganini maʼlum qildi.

 

Noyabr oyida Maldiv orollari oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi tomonidan Pharmix Laboratories korxonasida o‘tkazilgan tekshiruvda Alergo yo‘tal siropi tarkibida zaharli moddalar borligi  aniqlangan. Keyingi testlar farmatsevtika kompaniyasining bir qator boshqa dori vositalarida ham etilen glikol zaharli moddasi borligini aniqlangan. 

 

JSSTga ko‘ra, Pokistonning "Pharmix Laboratories" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan sifatsiz siroplar tarkibida avtomobil dvigatellari uchun sovitish suvi (antifriz) ishlab chiqarishda qo‘llanadigan etilen glikol birikmasi yuqori darajada mavjud. Aslida preparatdagi etilen glikol bilan ifloslanish darajasi 0,62 foizdan 0,82 foizgacha, ruxsat berilgan taqdirda ham 0,10 foizdan kam bo‘lishi kerak.

 

Shunga qaramay, ushbu zaharli modda “Alergo”, “Mucorid”, “Zinsell” siroplari va “Emidon” va “Ulkofin” suspenziyalarining 23 partiyasida topilgan.

 

JSST "ushbu sifatsiz dori-darmonlar bolalarga juda yomon taʼsir qilishi, hattoki o‘limga olib kelishi ehtimolidan" ogohlantirgan.

custom img

Vladimir Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan taqdirladi

Mukofot unga inson hayoti va erkinligini himoya qilish hamda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.

custom img

Eron BMT Xavfsizlik kengashidan AQSHning bir tomonlama choralarini qoralashni so‘radi

Tehron Vashingtonning iqtisodiy va harbiy bosimini xalqaro huquqqa zid deb baholab, bu choralar xalqaro miqyosda xavfli pretsedent yaratishi mumkinligidan ogohlantirgan.

custom img

Pokistonda tug‘ruqxonadagi yong‘inda 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga bo‘lim ichidagi konditsioner kompressorining portlashi sabab bo‘lgan.

custom img

AQSh immigratsion viza arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Davlat departamenti bu chorani global o‘quv tadbiri bilan izohladi.

custom img

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lganini bildirdi

Tehronda o‘tkazilgan muzokaralarda mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"