O‘zbekistonda qancha bola maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan?
MTTlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi.

O‘zbekistonda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yaratilgan sharoitlar va qamrov darajasini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi.
Bugungi kunda respublika bo‘yicha maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 33 942 tani tashkil etmoqda.
Joriy yilning 1 yanvar holatiga 29 420 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarga 2 103 752 nafar bolalar qamrab olinib, yil boshiga nisbatan maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni yangi qurilgan va yangi tashkil etilgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hisobiga 3 982 taga ortganligini, ularga qo‘shimcha 65 ming nafarga yaqin bolalar qo‘shimcha qamrab olinganligini ko‘rsatmoqda.
Mazkur ko‘rsatgichga quyidagilar hisobga erishildi:
—182 ta (57 ta yangi qurish va 113 ta rekonstruksiya qilish, 2 ta mukammal taʼmirlash) davlat MTTlarda qurilish taʼmirlash ishlari amalga oshirildi;
—71 ta DXSH asosidagi NMTTlar (7 100 o‘rin) hamda 4 402 ta (116 998 o‘rin) oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etildi;
—chekka hududlarida maktabgacha taʼlim xizmatlarini tashkil etish maqsadida qo‘shimcha ravishda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga 7 ta ISUZU avtobuslari qayta jihozlangan holda yetkazib berildi. Natijada bugungi kunda Respublika bo‘yicha 156 ta MFYlarda qayta jihozlangan 72 ta ISUZU HS-40 avtobuslarda tashkil etilgan 429 ta mobil guruhlarda 9,5 ming nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qamrab olindi.
YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda Namangan va Xorazm viloyatlarida maktabgacha taʼlimning muqobil shakli bo‘lgan 20 ta “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (o‘yin guruhlari) tashkil etilib, ularga jami 496 nafar bolalar qamrab olindi.
Jahon banki bilan hamkorlikda “Bolani erta rivojlantirish” loyihasi doirasida Namangan va Samarqand viloyatlarida “Ilk rivojlanish markazlari” 3 ta model bo‘yicha faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Surxondaryo viloyatining Termiz shahar, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi Afg‘oniston davlatidan o‘tib kelgan oilalar farzandlari uchun 10 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 400 nafar bolalarga YUNISEF Xalqaro bolalar tashkiloti Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magi yordamida “Ko‘p tilli inklyuziv taʼlim guruhlari” tashkil etildi.
6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 92 foizga yetkazish yuzasidan quyidagi choralar ko‘rildi.
Maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan 661 945 nafar (93 %) 6 yoshli bolalarning 170 721 nafari 7 560 ta boshlang‘ich taʼlimga bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhlariga, 456 769 nafari 13 055 ta to‘liq kunlik tayyorlov guruhlariga, 33 429 nafari 3 298 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga qamrab olindi.
2023 yil davomida 98 ta to‘liq kunlik, 271 ta qisqa muddatli, 1 384 ta majburiy bepul tayyorlov guruhlari tashkil etilishi natijasida jami 711 768 nafar 6 yoshli bolalarning 661 945 nafari, yoki 93,0 foizi qamrab olindi.
Mazkur guruhlar 9 turdagi mebel va boshqa jihozlar, 36 nomdagi o‘quv-metodik vositalar, didaktik qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlar to‘plamlari bilan taʼminlandi.







