O'zbekiston

Chiroqchida “Tez yordam” haydovchisi kaltaklandi

U bemorning yaqini tomonidan do‘pposlangan.

Chiroqchida “Tez yordam” haydovchisi kaltaklandi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida "Tez yordam" haydovchisi kaltaklandi.

 

Viloyat SSBga ko‘ra, “Tez tibbiy yordam” bo‘limiga shu yilning 12 dekabr kuni soat 17:10 da Xo‘jaqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan ayol tomonidan qon bosimining ko‘tarilishi shikoyati bilan chaqiriq berilgan. 8 kilometrlik masofaga “Tez tibbiy yordam” brigadasi soat 17:24 da yetib borgan.

 

Xonadonda bemorning o‘g‘li ekanligi taxmin qilinayotgan shaxs “Tez tibbiy yordam” haydovchisi bilan janjallashib, uning yuz qismiga jarohat yetkazgani aytilmoqda. Shunday vaziyatda ham tibbiy brigada aʼzosi bo‘lgan hamshira o‘z burchini bajarib, avval bemorga, so‘ng haydovchiga birinchi yordam ko‘rsatgan. Avtomashinani chaqiriqdan ortiga qaytarish uchun boshqa haydovchi chaqirtirishga to‘g‘ri kelgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"