Farg‘onada qo‘lbola “paqildoq”lar fosh bo‘ldi
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv boshlangan.

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi savdo do‘konida 2 130 000 so‘mlik pirotexnika vositalarini saqlagan fuqaro aniqlandi.
Maʼlum bo‘lishicha, Vohim MFYda yashovchi S.S. savdo do‘konida 1 dona “7 SHOTS” hamda 12 blok, ichida 132 quti jami 7 920 ta bo‘lgan 2 130 000 so‘m miqdoridagi “Britanik” nomli qo‘lbola usulida tayyorlangan pirotexnika vositalarini saqlab kelgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







