O‘zbekistonda qishga tayyorgarlik ko‘rilmaganmidi?
Bu bo‘yicha yil davomida qilingan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Qor yog‘ib, sovuq kunlar tushishi bilan energetika tizimi asosiy muhokama mavzusiga aylandi. Jamoatchilikning savoli bitta: qishga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilganmi?
Maʼlum qilinishicha, respublika bo‘yicha jami 100 ta yuqori kuchlanishli podstansiya, 11,5 mingta transformator va 34 ming kilometr tarmoqlar yangilangan.
675 megavattga teng yangi quvvatlar ishga tushirilgan, yil oxirigacha yana 1997 megavattli 8 ta yirik elektr stansiyasi ish boshlashi kutilmoqda.
Aholi va korxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash maqsadida qo‘shimcha 5 milliard kub metr kafolatli gaz manbalari hal qilingan. Yerosti omborlarida yetarlicha gaz zaxirasi jamlangan.
Hozir energetika sohasi 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazilgan. Masʼul tashkilotlar barcha muammoni o‘sha zahoti yechish uchun shay holatga keltirilgan. Qariyb 7 ming 200 nafar xodimni o‘zida jamlagan 1 ming 691 ta brigada tunu kun har qanday vaziyatga tayyor.







