“Suyunchi puli” miqdori oshirildi
O‘tgan oy u 688 940 so‘mni tashkil etgandi.

Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa summasi — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi deb belgilangan. Yaʼni 2023 yil 1 dekabrdan bu miqdor 738 150 so‘mni tashkil etadi.
Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, bunda fuqarolarning ovoragarchiliklarini bartaraf etish maqsadida “suyunchi nafaqasi”ni tayinlash bo‘yicha xizmatlar 2020 yildan boshlab fuqaroning murojaatisiz kompozit shaklida amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda bola tug‘ilganda bolaga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti haqidagi barcha maʼlumotlar tibbiyot muassasasi (tug‘ruqxona, shifoxona tug‘ruq bo‘limi, oilaviy poliklinika) tomonidan “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
Pensiya jamg‘armasi tomonidan barcha zaruriy maʼlumotlar tibbiyot muassasasi va FHDYO axborot tizimlaridan elektron shaklda olingan holda “Suyunchi” nafaqasi avtomatik ravishda tayinlanadi.







