"Umidingizni yo‘qotishingizni xohlamayman" — Bayden hamkasbi Zelenskiyga dalda berdi

Bayden Kiyevga 200 million dollar yordam ajratdi.

"Umidingizni yo‘qotishingizni xohlamayman" — Bayden hamkasbi Zelenskiyga dalda berdi

 

AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 200 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini tasdiqladi. Bu haqda Baydenning o‘zi Oq uyning Oval kabinetida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

 

Bundan tashqari, Amerika prezidenti AQSH Kongressini Ukrainaga 60 milliard dollardan ortiq yordam paketini keyingi bloklash ehtimoli bo‘yicha qattiq ogohlantirdi. Kongressmenlar ushbu yordamni rojdestvo taʼtiliga chiqishdan oldin maʼqullashlari kerak, aks holda ular Vladimir Putinga «eng katta rojdestvo sovg‘asini» taqdim etadi, — dedi Bayden. Shu bilan birga, u Zelenskiyga: «Umidingizni yo‘qotishingizni xohlamayman», dedi.

 

O‘z navbatida, Ukraina prezidenti Baydenga Kongress Kiyevga yangi yordam ko‘rsatishni to‘sib qo‘ygan bo‘lsa-da, uning mamlakati hali ham Rossiyaga qarshi urushda g‘alaba qozonishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev yordamga kamroq bog‘liq bo‘lib bormoqda va Ukraina qo‘shinlari «Ukraina g‘alaba qozona olishini har kuni isbotlamoqda». U AQSHning Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlashdagi yordamini olqishladi.

 

Ayni paytda, Senatdagi respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonnel Kongressning rojdestvo oldidan 60 milliard dollarlik yordam paketini qabul qilishi, hatto yaqin kunlarda kelishuvga erishilgan taqdirda ham, «deyarli imkonsiz» ekanini aytdi.

 

Avvalroq Zelenskiy AQSHga tashrifi chog‘ida AQSH Senati aʼzolari bilan yopiq eshiklar ortida uchrashgan va ularni Ukrainaga qo‘shimcha mablag‘ ajratishni maʼqullashga chaqirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Senatidagi uchrashuv «do‘stona va samimiy» o‘tdi. Bu «Ukrainaning mustaqillik, erkinlik va demokratiya uchun kurashda qo‘llab-quvvatlanishining muhim tasdig‘idir», deb yozdi Vlodimir Zelenskiy Telegram-kanalida. Uning so‘zlariga ko‘ra, u senatorlarga Ukrainadagi xavfsizlik va iqtisodiy vaziyatni bayon qilgan va «Amerikaning hayotiy yordamini saqlab qolish» zarurligini taʼkidlagan.

 

O‘z navbatida, Senatdagi Demokratik partiya yetakchisi Chak Shumer senatorlarning Zelenskiy bilan uchrashuvini «juda kuchli» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina rahbari o‘z mamlakatining ehtiyojlari va AQSHdan Ukrainaga ehtimoliy yordam variantlarini «mufassal tushuntirib bergan», shuningdek, bu yordam Kiyevning g‘alaba qozonishiga qanday yordam berishi mumkinligini aytgan. «Agar u kerakli yordamni olsa, g‘alaba qozonadi», — deya Shumer so‘zlarini keltirgan CNN. Senatdagi demokratlar yetakchisi, agar Ukraina mag‘lub bo‘lsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin g‘alaba qozonishini va «bu Qo‘shma Shtatlar uchun juda va juda xavfli» ekanini taʼkidladi.

 

Oktyabr oyida Bayden Kongressga Ukrainaga bir yilga 61,4 milliard dollar, shuningdek, Isroil mudofaasini mustahkamlash uchun 14,3 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilgan. Qonun chiqaruvchilar bu mablag‘ni ajratish bo‘yicha haligacha kelisholmagan.

 

Agar AQSH Kongressi Kiyevga yordam uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishni maʼqullamasa, Vashingtonda joriy yil oxirigacha Ukrainaga qurol va jihozlar sotib olish resurslari tugaydi, dedi Oq uy boshqaruv va byudjet byurosi direktori Shalanda Yang Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonga. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika qurol-yarog‘i va jihozlarini yetkazib berishni to‘xtatish «nafaqat Ukraina erishgan muvaffaqiyatlarni xavf ostiga qo‘yadi, balki Rossiya harbiylarining g‘alaba qozonish ehtimolini ham oshiradi».

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"