O'zbekiston

Farg‘onada 17 yoshli bolaning uyidan 31,5 kg giyohvandlik moddasi topildi

Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan giyohvandlik vositalari musodara qilindi.

Farg‘onada 17 yoshli bolaning uyidan 31,5 kg giyohvandlik moddasi topildi

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida, Toshloq tumanida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi.

 

Natijada, ushbu manzilda kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 27 kg. 573 gr. “gashish” va 3 kg. 967 gr. “opiy” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Aniqlanishicha, ushbu narkotik moddalar Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

 

Bu yo‘nalishda Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ham viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

 

Xususan, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro Qirg‘iz Respublikasining O‘sh viloyatida istiqomat qiluvchi, 1984 yilda tug‘ilgan shaxs bilan o‘zaro til biriktirib, 1 kg. 806 gr. “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini xaridorga 80 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.

 

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi fuqaroning uyidan ham 2 kg. 698 gr. “Mefedron” moddasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Taʼkidlash lozimki, ushbu sintetik narkotik moddalar Qirg‘iz Republikasidan olib kelingan.

 

Boshqa holatda esa Andijon tumanida yashovchi, 1992 yilda tug'ilgan shaxs boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina to‘xtatildi.

 

Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar turkumiga kiruvchi 2800 dona “Regapen” va 957 dona flakonda “Tropikamid” dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

Ushbu kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ham sotish maqsadida aylanma yo‘llar orqali Qirg‘iz Republikasidan olib kelingan.

 

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"