O'zbekiston

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr yetkazib berish muddatini uzaytirdi

Ushbu masala ikki davlat vakillari o‘rtasida muhokama qilingan.

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr yetkazib berish muddatini uzaytirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni 2024-yilgacha uzaytirdi.

 

14-dekabr kuni “Milliy elektr tarmoqlari” va Afg‘oniston energetika kompaniyasi vakillari O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish masalasini muhokama qilgan.

 

“DABS” prezidenti elektr energiyasi tariflarini pasaytirish, kompaniya xodimlarining viza muammolarini hal qilish va Surxon — Puli-Xumri elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini qayd etgan.

 

Afg‘oniston tomoni energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovdan mamlakatda aholi xonadonlari, tadbirkorlar va davlat muassasalari elektr energiyasi taqchilligiga duch kelayotgani sababli energetika sohasidagi infratuzilma muammolarini hal etish va elektr energiyasi yetkazib berish hajmini oshirishni so‘ragan.

 

Mirzamahmudov O‘zbekistonda energiya taʼminotida texnik muammolar mavjudligini taʼkidlagan. Shu bilan birga, vazir uchta energetika obyekti taʼmirlangach, elektr energiyasi taʼminoti tiklanishini qayd etgan.

 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat elektr energiyasini Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan yuqori narxda sotib oladi, elektr energiyasi esa gaz va neft orqali ishlab chiqariladi, bu tannarxni oshiradi.

 

Energetika vazirligi rahbari Afg‘onistondan ko‘mir va neft sotib olishga ham tayyorligini bildirgan.

custom img

Wildberries kompaniyasi Rossiyani tark etib, O‘zbekistonda o‘z omborlarini ochadimi?

Kompaniya tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi va Wildberries matbuot xizmati Zamon.uz savollariga javob berdi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi

Kengash blogerlarning kasbiy rivojlanishi, media savodxonligini oshirish va yosh kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

custom img

Turkiyalik olimning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashr etildi

Kemal Yavuz Atamanning 1991-yildan buyon O‘zbekistondagi kuzatuvlari va tadqiqotlari jamlangan "Men tanigan O‘zbekiston" asari o‘zbek va turk tillarida taqdim etildi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida ekologik klub tashkil etish taklif qilindi

Uyushma qoshidagi Jurnalist ayollar kengashining “Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

custom img

Namangan shahrining sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Shuningdek, u 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

custom img

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi kabinasida yong‘in chiqishi ortidan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

custom img

Mahallalarning energetik pasporti yaratiladi — Energetika vaziri

Energetika sohasida iste’molchilarga mobil ilova orqali qarzdorlik va ta’minotdagi uzilishlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi tizimlarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

Abduqodir Husanov og‘ir judolikka uchradi

Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U-19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hoshimovning otasi Husan bobo vafot etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"